17мар

Xiva Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Xiva shahar texnikumi tomonidan Askania Bildung kompaniyasi bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandumlar imzolandi.

Xiva Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Xiva shahar texnikumi tomonidan Germaniyada tashkil etilgan Askania Bildung kompaniyasi bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandumlar imzolandi. Ushbu uchrashuv kompaniya rahbari Ingo Jung ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar Germaniyaning ilg‘or dual ta’lim tizimi tajribasini joriy etish, talabalar va yosh mutaxassislarni zamonaviy kasblarga tayyorlash, malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.Ma’lumki, Askania Bildung kompaniyasi Germaniyada faoliyat yuritib, xalqaro kasbiy ta’lim loyihalarini tashkil etishga ixtisoslashgan bo‘lib, turli mamlakatlarda dual ta’lim tizimini joriy etish, yosh mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash yo‘nalishida samarali faoliyat olib bormoqda.